- وعن ابن مسعود رضي الله عنه أن رجلا أصاب من امرأة قُبلةً، فأتى النبي صلى الله عليه وسلم فأخبره فأنزل الله تعالى: {أقم الصلاة طرفي النهار وزلفًا من الليل، إن الحسنات يذهبن السيئات} فقال الرجل: ألي هذا؟ قال: "لجميع أمتي كلهم" ((متفق عليه)).
Ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi (nomashruʼ ravishda) bir ayolni oʻpdi, soʻng Paygʻambar ﷺ ning oldiga borib, buni xabar berdi. Alloh: ‹Kunduzning ikki tarafida va kechaning baʼzi soatlarida namozni toʻkis oʻqi (yaʼni besh vaqt farz namoz). Albatta, yaxshi amallar yomon (kichik gunoh)larni ketkazadi (oʻchiradi)› (Hud, 114) — (oyatini) nozil qildi. U kishi Rasululloh ﷺ dan: «Bu menga (xosmi)?» — dedi. U zot: «Bu — barcha ummatimga», — dedilar.