-وعن أبي بن كعب رضي الله عنه قال: كان رجل من الأنصار لا أعلم أحدًا أبعد من المسجد منه، وكانت لا تخطئه صلاة! فقيل له: لو اشتريت حمارًا تركبه في الظلماء وفي الرمضاء قال: ما يسرني أن منزلي إلى جنب المسجد إني أريد أن يكتب لي ممشاي إلى المسجد، ورجوعي إذا رجعت إلى أهلي، فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "قد جمع الله لك ذلك كله" ((رواه مسلم)).
Ubay ibn Kaʼb (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi bor edi, men masjiddan undan koʻra uzoqroqda turadigan boshqa bir kishini bilmasdim. Uning birorta namozi (jamoatdan) qolmasdi. (Ubay) dedi: Unga aytildi yoki men unga dedim: «Zulmatda va qizigan qumda minib yurish uchun bir eshak sotib olsang boʻlmasmidi?» (U) dedi: «Uyim masjidning yonida boʻlishi meni xursand qilmaydi. Men masjidga yurib borishim va oilamga qaytib kelganimda qaytishim (savobi) menga yozilishini istayman». Shunda Rasululloh ﷺ: «Alloh sen uchun bularning hammasini jamlab qoʻyibdi», dedilar.