- وعن أبي موسى الأشعري رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "إن أعظم الناس أجرًا في الصلاة أبعدهم إليها ممشى، فأبعدهم، والذي ينتظر الصلاة حتى يصليها مع الإمام أعظم أجرًا من الذي يصليها ثم ينام" ((متفق عليه)).
Abu Muso al-Ashʼariy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Namozda odamlarning savobi eng ulugʻi unga (masjidga) eng uzoqdan yurib keladiganidir, soʻng (undan ham) uzoqroqdan keladiganidir. Namozni kutib turib, uni imom bilan birga oʻqiydigan kishi, uni (yolgʻiz) oʻqib, soʻng uxlaydigan kishidan savobi ulugʻroqdir», dedilar. Abu Kuraybning rivoyatida: «to uni imom bilan jamoatda oʻqigunicha (kutadi)» deyilgan.