- وعن أنس رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم أخر ليلة صلاة العشاء إلى شطر الليل ثم أقبل علينا بوجهه بعدما صلى فقال: "صلى الناس ورقدوا ولم تزالوا في صلاة منذ انتظرتموها" ((رواه البخاري))
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bir kecha xufton namozini tunning yarmigacha kechiktirdilar, soʻng namozni oʻqib boʻlgach, bizga yuzlanib: «Odamlar namoz oʻqib uxladilar, sizlar esa uni kutganingizdan beri namozda boʻlib turdingiz», dedilar.