- وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "صلاة الرجل في جماعة تُضعَّف على صلاته في بيته وفي سوقه خمسًا وعشرين ضعفًا، وذلك أنه إذا توضأ فأحسن الوضوء، ثم خرج إلى المسجد، لا يخرجه إلا الصلاة، لم يخطُ خطوة إلا رفعت له بها درجة، وحطت عنه بها خطيئة، فإذا صلى لم تزل الملائكة تصلي عليه ما دام في مصلاه، ما لم يحدث، تقول اللهم صلِّ عليه، اللهم ارحمه. ولا يزال في صلاة ما انتظر الصلاة" ((متفق عليه. وهذا لفظ البخاري))
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kishining jamoat bilan oʻqigan namozi uning uyida yoki bozorda (yakka) oʻqigan namozidan yigirma besh barobar koʻproq savoblidir. Bu shuning uchunki, agar u tahorat qilib, uni mukammal qilsa, soʻng faqat namoz niyatida masjidga yoʻl olsa, masjid tomon tashlagan har bir qadami uchun bir daraja koʻtariladi va (amal daftaridan) bir gunohi oʻchiriladi. Namoz oʻqiganida, farishtalar — u joynamozida (oʻtirgan) ekan — unga Allohning barakasi va magʻfiratini soʻrab turadi: ‹Allohim, unga baraka ber; unga rahm va shafqat qil›, — deydi. Kishi namozni kutib turgan muddatda namozda (hisoblanadi)», — dedilar.