- وعن معاذ رضي الله عنه قال: بعثني رسول الله صلى الله عليه وسلم إلى اليمن فقال: "إنك تأتي قومًا من أهل الكتاب، فادعهم إلى شهادة أن لا إله إلا الله وأني رسول الله، فإن هم أطاعوا لذلك، فأعلمهم أن الله تعالى افترض عليهم خمس صلوات في كل يوم وليلة، فإن هم أطاعوا لذلك، فأعلمهم أن الله تعالى افترض عليهم صدقة تؤخذ من أغنيائهم فترد على فقرائهم، فإن هم اطاعوا لذلك، فإياك وكرائم أموالهم واتقِ دعوة المظلوم فإنه ليس بينها وبين الله حجاب" ((متفق عليه)).
Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ meni Yamanga yubordilar va: «Sen ahli kitob qavmga borasan. Ularni Allohdan boshqa iloh yoʻqligiga va mening Allohning rasuli ekanligimga guvohlik berishga daʼvat qil. Agar ular bunga itoat qilsalar, ularga Alloh taolo har kunu tunda besh vaqt namozni farz qilganini bildir. Agar ular bunga itoat qilsalar, ularga Alloh taolo boylaridan olinib, kambagʻallariga qaytariladigan sadaqani farz qilganini bildir. Agar ular bunga itoat qilsalar, ularning mol-mulkining sarasidan ehtiyot boʻl va mazlumning duosidan qoʻrq, zero uning bilan Alloh oʻrtasida hech qanday toʻsiq yoʻq», dedilar.