- وعن ابن عمر رضي الله عنهما، أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "أقيموا الصفوف، وحاذوا المناكب، وسدوا الخلل، ولينوا بأيدي إخوانكم، ولا تذروا فرجات للشيطان، ومن وصل صفًا وصله الله، ومن قطع صفًا قطعه الله". ((رواه أبو داود بإسناد صحيح)).
Iso ibn Ibrohim al-Gʻofiqiy bizga aytdi: Ibn Vahb bizga aytdi. (Boshqa sanad bilan) Qutayba ibn Said ham bizga aytdi: al-Lays bizga aytdi — Ibn Vahbning hadisi toʻliqroq — Muoviya ibn Solihdan, u Abuz-Zohiriyyadan, u Kasir ibn Murradan, u Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qiladi. Qutayba esa: Abuz-Zohiriyyadan, u Abu Shajaradan dedi va Ibn Umarni zikr qilmadi. (Rivoyat qilinishicha,) Rasululloh ﷺ: «Saflarni togʻrilanglar, yelkalarni bir tekisda tutinglar, boʻshliqlarni toʻldiringlar, birodarlaringizning qoʻllariga muloyim boʻlinglar, — Iso ‹birodarlaringizning qoʻllariga› demadi — shaytonga (qoldirib) boʻshliqlar qoldirmanglar. Kim bir safni ulasa, Alloh uni (oʻz rahmatiga) ulaydi, kim bir safni uzsa, Alloh uni (rahmatidan) uzadi», dedilar. Abu Dovud aytdi: Abu Shajara — bu Kasir ibn Murradir. Abu Dovud aytdi: «Birodarlaringizning qoʻllariga muloyim boʻlinglar» degan soʻzning maʼnosi shuki, bir kishi safga kelib unga kirmoqchi boʻlsa, har bir kishi u safga kirib olguncha unga yelkalarini muloyimlik bilan boʻshatib berishi lozim.