- وعن البراء، رضي الله عنه قال: "كنا إذا صلينا خلف رسول الله صلى الله عليه وسلم ، أحببنا أن نكون عن يمينه، يقبل علينا بوجهه، فسمعته يقول: "رب قني عذابك يوم تبعث - أو تجمع- عبادك". ((رواه مسلم)).
Baro ibn Ozib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Rasululloh ﷺ ning orqalarida namoz oʻqiganimizda, u zotning oʻng tomonlarida boʻlishni yaxshi koʻrardik, u zot bizga yuzlanardilar. Men u zotning: «Ey Robbim, bandalaringni tiriltiradigan — yoki jamlaydigan — kuningda meni azobingdan asra», deganlarini eshitdim.