- وعن أبي عبد الله بلال بن رباح، رضي الله عنه مؤذن رسول الله صلى الله عليه وسلم أنه أتى رسول الله صلى الله عليه وسلم ليؤذنه بصلاة الغداة، فشغلت عائشة بلالا بأمر سألته عنه، حتى أصبح جدا فقام بلال فآذنه بالصلاة، وتابع أذانه، فلم يخرج رسول الله صلى الله عليه وسلم فلما خرج صلى بالناس، فأخبره أن عائشة شغلته بأمر سألته عنه حتى أصبح جدا، وأنه أبطأ عليه بالخروج، فقال -يعني النبي صلى الله عليه وسلم -: "إني كنت ركعت ركعتي الفجر" فقال: يا رسول الله إنك أصبحت جدا؟ فقال: "لو أصبحت أكثر مما أصبحت، لركعتهما وأحسنتهما، وأجملتهما". ((رواه أبو داود بإسناد حسن)).
Ahmad ibn Hanbal, Abul Mugʻiyradan, u Abdulloh ibn al-Aʼlodan, u Abu Ziyoda Ubaydulloh ibn Ziyod al-Kindiydan, u Bilol (roziyallohu anhu)dan rivoyat qiladiki, u (Bilol) Rasululloh ﷺni bomdod namoziga chaqirish uchun keldi. Shunda Oisha (roziyallohu anho) Bilolni oʻzi soʻragan bir ish bilan band qilib qoʻydi, hattoki tong yorishib, kun ancha yorugʻ boʻlib ketdi. (Roviy) aytdi: Soʻng Bilol turib, u zotni namozga chaqirdi va azonini takror aytdi, lekin Rasululloh ﷺ chiqmadilar. Chiqqanlarida odamlarga namoz oʻqib berdilar, u (Bilol) esa Oisha oʻzi soʻragan bir ish bilan uni band qilib qoʻyganini, shu sabab kun ancha yorishib ketganini va u zotning huzurlariga chiqishi kechikkanini xabar berdi. Shunda u zot: «Men bomdodning ikki rakaatini oʻqiyotgan edim», dedilar. U: «Yo Rasululloh, siz kunni ancha yorishib ketgan paytda (oʻqib) qoldingiz-ku», dedi. U zot: «Agar kunni hozirgidan ham koʻproq yorishgan paytda qolganimda ham, men u ikki rakaatni oʻqir, ularni chiroyli va goʻzal qilib bajarar edim», dedilar.