- وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "إذا صلى أحدكم ركعتي الفجر، فليضطجع على يمينه". ((رواه أبو داود، والترمذي بأسانيد صحيحة. قال الترمذي: حديث حسن صحيح.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Sizlardan biringiz bomdod (fajr)ning ikki rakaatini oʻqigach, oʻng yoni bilan yonboshlab yotsin», dedilar. (Abu Iso) aytdi: Bu bobda Oishadan ham (rivoyat bor). Abu Iso aytdi: Abu Hurayraning hadisi shu yoʻldan hasan sahih gʻarib hadisdir. Oishadan rivoyat qilinishicha, Paygʻambar ﷺ uyida bomdodning ikki rakaatini oʻqiganlarida oʻng yoni bilan yonboshlab yotar edilar. Baʼzi ilm ahli buni mustahab (deb hisoblab) qilishni (toʻgʻri) koʻrishgan.