- وعنها قالت: كان النبي صلى الله عليه وسلم يصلي في بيتي قبل الظهر أربعًا، ثم يخرج فيصلي بالناس، ثم يدخل فيصلي ركعتين، وكان يصلي بالناس المغرب ثم يدخل بيتي فيصلي ركعتين، ويصلي بالناس العشاء، ويدخل بيتي، فيصلي ركعتين. ((رواه مسلم)).
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «U zot uyimda peshindan oldin toʻrt rakaat oʻqir, soʻng chiqib odamlarga (imom boʻlib namoz) oʻqir, soʻng kirib ikki rakaat oʻqir edilar. Odamlarga shom namozini oʻqir, soʻng kirib ikki rakaat oʻqir edilar. Odamlarga xufton namozini oʻqir, soʻng uyimga kirib ikki rakaat oʻqir edilar. Kechasi vitr ham ichida boʻlgan toʻqqiz rakaat oʻqir edilar. Kechasi uzoq vaqt tik turib va kechasi uzoq vaqt oʻtirib oʻqir edilar. Tik turib (Qurʼon) oʻqiganlarida tik turib ruku va sajda qilar, oʻtirib oʻqiganlarida oʻtirib ruku va sajda qilar edilar. Tong otganda esa ikki rakaat oʻqir edilar», dedi.