- عن علي بن أبي طالب، رضي الله عنه قال كان النبي صلى الله عليه وسلم يصلي قلب العصر أربع ركعات يفصل بينهن بالتسليم على الملائكة المقربين ومن تبعهم من المسلمين والمؤمنين. رواه الترمذي وقال حديث حسن.
Ali (roziyallohu anhu) aytdi: Nabiy ﷺ asrdan oldin toʻrt rakaat namoz oʻqir, ularning orasini muqarrab farishtalarga va musulmonlar hamda moʻminlardan ularga ergashganlarga salom (berish) bilan ajratardilar. Abu Iso aytdi: Bu bobda Ibn Umar va Abdulloh ibn Amrdan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Alining hadisi hasan hadisdir. Ishoq ibn Ibrohim asrdan oldingi toʻrt (rakaat)da ajratmaslikni ixtiyor qilib, shu hadis bilan dalil keltirdi. Ishoq aytdi: «Ularning orasini salom bilan ajratardilar» degani — tashahhudni nazarda tutadi. Shofiiy va Ahmad esa kechasi va kunduzi (oʻqiladigan) namozni ikki-ikkidan (deb) koʻrdilar va asrdan oldingi toʻrt (rakaat)da ajratishni ixtiyor qiladilar.