- وعنه قال: قال رسول الله، صلى الله عليه وسلم : "من توضأ فأحسن الوضوء ثم أتي الجمعة، فاستمع وأنصت، غفر له ما بينه وبين الجمعة وزيادة ثلاثة أيام، ومن مس الحصى، فقد لغا" ((رواه مسلم)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim tahoratni chiroyli qilib olib, soʻng jumaga kelsa va (xutbani) tinglab, jim tursa, uning shu bilan (kelgusi) juma orasidagi (gunohlari) hamda yana uch kunlik (gunohi) magʻfirat qilinadi. Kim (xutba paytida) toshchalarni paypaslasa, behuda ish qilibdi», — dedilar.