- عن سعد بن أبي وقاص، رضي الله عنه، قال: خرجنا مع رسول الله صلى الله عليه وسلم من مكة نريد المدينة، فلما كنا قريبًا من عزوراء نزل ثم رفع يديه، فدعا الله ساعة، ثم خر ساجدًا، فمكث طويلا، ثم قام فرفع يديه ساعة، ثم خر ساجدًا- فعله- ثلاثًا- وقال: "إني سألت ربي، وشفعت لأمتي، فأعطاني ثلث أمتي، فخررت ساجدًا لربي شكرًا، ثم رفعت رأسي، فسألت ربي لأمتي، فأعطاني ثلث أمتي، فخررت ساجدًا لربي شكرًا، ثم رفعت رأسي، فسألت ربي لأمتي، فأعطاني الثلث الآخر، فخررت ساجدًا لربي" ((رواه أبو داود)).
Saʼd ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bilan birga Madinaga qarab Makkadan chiqdik. Azvaroga yaqinlashganimizda, (u zot) (ulovdan) tushib, soʻng qoʻllarini koʻtardilar va bir muddat Allohga duo qildilar. Soʻngra sajdaga yiqilib, uzoq (sajdada) qoldilar. Soʻng turib, qoʻllarini koʻtardilar va bir muddat Allohga duo qildilar. Soʻngra sajdaga yiqilib, uzoq (sajdada) qoldilar. Soʻng turib, qoʻllarini bir muddat koʻtardilar, soʻngra sajdaga yiqildilar. Ahmad buni uch marta zikr qildi. (U zot) dedilar: «Men Robbimdan soʻradim va ummatim uchun shafoat qildim, U menga ummatimning uchdan birini berdi. Shunda Robbimga shukr qilib, sajdaga yiqildim. Soʻngra boshimni koʻtarib, Robbimdan ummatim uchun soʻradim, U menga ummatimning uchdan birini berdi. Shunda Robbimga shukr qilib, sajdaga yiqildim. Soʻngra boshimni koʻtarib, Robbimdan ummatim uchun soʻradim, U menga oxirgi uchdan birini berdi. Shunda Robbimga sajdaga yiqildim.» Abu Dovud aytdi: Ashʼas ibn Ishoq (rovi nomini) Ahmad ibn Solih bizga hadis aytib berayotganda tushirib qoldirgan edi, soʻng menga uni undan Muso ibn Sahl ar-Romliy aytib berdi.