- وعنها قالت: ما كان رسول الله صلى الله عليه وسلم ، يزيد- في رمضان ولا في غيره- على إحدي عشرة ركعة: يصلي أربعًا فلا تسأل عن حسنهن وطولهن! ثم يصلي أربعًا فلا تسأل عن حسنهن وطولهن! ثم يصلي ثلاثًا. فقلت: يا رسول الله أتنام قبل أن توتر!؟ فقال: "يا عائشة إن عيني تنامان ولا ينام قلبي". ((متفق عليه)) .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: U (Abu Salama) Oishadan: «Rasululloh ﷺ ning Ramazondagi namozlari qanday boʻlardi?» deb soʻragan edi. (Oisha): «Rasululloh ﷺ Ramazonda ham, undan boshqa (oylar)da ham oʻn bir rakʼatdan ortiq oʻqimas edilar. Toʻrt (rakʼat) oʻqirdilar — ularning goʻzalligi va uzunligi haqida soʻrama; soʻng yana toʻrt (rakʼat) oʻqirdilar — ularning goʻzalligi va uzunligi haqida soʻrama; soʻng uch (rakʼat) oʻqirdilar», dedi. Oisha dedi: «Men: ‹Yo Rasululloh! Vitrni oʻqishdan oldin uxlaysizmi?› dedim. U zot: ‹Ey Oisha! Koʻzlarim uxlaydi, lekin qalbim uxlamaydi›, dedilar».