- وعن حذيفة رضي الله عنه، قال: صليت مع النبي صلى الله عليه وسلم ، ذات ليلة فافتتح البقرة، فقلت: يركع عند المائة، ثم مضى، فقلت: يصلي بها في ركعة، فمضي، فقلت: يركع بها، ثم افتتح النساء فقرأها، ثم افتتح آل عمران، فقرأها، يقرأ مترسلا. إذا مر بآية فيها تسبيح سبح، وإذا بسؤال سأل، وإذا مر بتعوذ تعوذ، ثم ركع، فجعل يقول: سبحان ربي العظيم، فكان ركوعه نحوًا من قيامه، ثم قال: سمع الله لمن حمده، ربنا لك الحمد، ثم قام طويلا قريبًا مما ركع، ثم سجد فقال: سبحان ربي الأعلى، فكان سجوده قريبًا من قيامه. ((رواه مسلم)).
Huzayfa (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kecha Nabiy ﷺ bilan namoz oʻqidim. U zot Baqara surasini boshladilar. Men ‹yuz oyatga yetganda rukuga borsalar kerak› deb oʻyladim, lekin davom etdilar. ‹Bu surani bir rakaatda oʻqisalar kerak› dedim, yana davom etdilar. ‹Shu bilan ruku qilsalar kerak› dedim. Soʻng Niso surasini boshlab, uni oʻqidilar. Keyin Oli Imron surasini boshlab, uni oʻqidilar. Shoshilmay, dona-dona oʻqir edilar. Tasbeh keladigan oyatga oʻtsalar, tasbeh aytar; (Robbdan) soʻraladigan oyatga oʻtsalar, soʻrar; panoh tilanadigan oyatga oʻtsalar, panoh tilar edilar. Soʻng ruku qildilar va ‹Subhaana Robbiyal-Aziym› deya boshladilar. Rukulari qariyb qiyomlaridek (uzun) boʻldi. Soʻng ‹Samiallohu liman hamidah, Robbanaa lakal-hamd› dedilar. Soʻng ruku qilgan muddatlariga yaqin uzoq turdilar. Soʻng sajda qilib, ‹Subhaana Robbiyal-Aʼlaa› dedilar. Sajdalari ham qiyomlariga yaqin (uzun) boʻldi.