- وعن جابر رضي اللله عنه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم ، يقول: "إن في الليل لساعة، لا يوافقها رجل مسلم يسأل الله تعالى خيرًا من أمر الدنيا والآخرة، إلا أعطاه إياه، وذلك كل ليلة" ((رواه مسلم)).
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Nabiy ﷺ ning shunday deganlarini eshitdim: «Albatta, kechada bir soat (payt) borki, biror musulmon kishi unga toʻgʻri kelib, Allohdan dunyo va oxirat ishidan biror yaxshilik soʻrasa, Alloh unga albatta uni ato etadi. Va bu har kechada (boʻladi)», — dedilar.