- وعن عمر بن الخطاب، رضي الله عنه، قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "من نام عن حزبه، أو عن شيء منه، فقرأه فيما بين صلاة الفجر وصلاة الظهر، كتب له كأنما قرأه من الليل" ((رواه مسلم)).
Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kimki oʻz vird (vazifa)si yoki uning bir qismidan uxlab qolsa-yu, soʻng uni bomdod namozi bilan peshin namozi orasida oʻqib olsa, unga goʻyo uni kechasi oʻqigandek yozib qoʻyiladi», — dedilar.