- وعنه، رضي الله عنه قال: كان رسول الله صلى الله عليه وسلم، يرغب في قيام رمضان من غير أن يأمرهم فيه بعزيمة، فيقول: "من قام رمضان إيمانًا واحتسابًا غفر له ما تقدم من ذنبه" . ((رواه مسلم)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ kishilarni Ramazonda qiyom qilishga (kechasi namoz oʻqishga) qatʼiy buyruq bermagan holda targʻib qilar va: «Kim Ramazonda iymon (bilan) va savobini (Allohdan) umid qilib (kechasi namozga) tursa, uning oʻtgan gunohlari magʻfirat qilinadi», — der edilar. Rasululloh ﷺ vafot etdilar va ish shunday holatda edi. Soʻng Abu Bakr xalifaligida va Umar xalifaligining boshlarida ham ish shunday holatda davom etdi.