- وعنها قالت: قلت: يا رسول الله أرأيت إن علمت أي ليلة القدر ما أقول فيها؟ قال: "قولي: اللهم إنك عفو تحب العفو فاعفُ عني" ((رواه الترمذي وقال حديث حسن صحيح))
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Men: ‹Ey Allohning Rasuli, agar qaysi kecha Laylatul Qadr ekanini bilsam, unda nima deyay?› dedim. U zot: ‹Alloohumma innaka ʼafuvvun (kariymun) tuhibbul-ʼafva faʼfu ʼanniy (Ey Alloh, albatta, Sen avf etguvchisan, (karamlisan), avfni yaxshi koʻrasan, bas, meni avf et) deb ayt›, dedilar», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.