- وعن ابن عمر رضي الله عنهما، أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "بني الإسلام على خمس: شهادة أن لا إله إلا الله وأن محمدًا عبده ورسوله، إقام الصلاة، وإيتاء الزكاة، وحج البيت، وصوم رمضان" ((متفق عليه)) .
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Islom besh (narsa) ustiga bino qilingan: Allohdan boʻlak iloh yoʻq va Muhammad Uning bandasi va Rasuli ekaniga guvohlik berish, namozni toʻkis ado etish, zakot berish, Baytni haj qilish va Ramazon roʻzasini tutish», dedilar.