- وعن ابن عباس رضي الله عنه، أن النبي صلى الله عليه وسلم بعث معاذًا رضي الله عنه إلى اليمن فقال: "ادعهم إلى شهادة أن لا إله إلا الله وأني رسول الله، فإن هم أطاعوا لذلك فأعلمهم أن الله تعالى افترض عليهم خمس صلوات في كل يوم وليلة، فإن هم أطاعوا لذلك فأعلمهم أن الله افترض عليهم صدقة تؤخذ من أغنيائهم، وترد على فقرائهم" ((متفق عليه)) .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ Muozni Yamanga joʻnatdilar va: «Ularni — Allohdan boshqa haq maʼbud yoʻq va men Allohning Rasuli, deb — guvohlik berishga daʼvat qil; agar ular senga bunda itoat qilsa, ularga — Alloh ularga har kun-tunda (yigirma toʻrt soatda) besh (vaqt) namozni farz qilganini — oʻrgat; agar ular senga bunda itoat qilsa, ularga — Alloh ularga mol-mulklaridan zakotni farz qilganini, u boylardan olinib, kambagʻallarga berilishini — oʻrgat», — dedilar.