- وعن أبي هريرة رضي الله عنه، أن أعرابيًا أتي النبي صلى الله عليه وسلم فقال: يا رسول الله دلني على عمل إذا عملته، دخلت الجنة. قال: "تعبد الله ولا تشرك به شيئًا، وتقيم الصلاة، وتؤتي الزكاة المفروضة، وتصوم رمضان" قال: والذي نفسي بيده، لا أزيد على هذا. فلما ولى قال النبي صلى الله عليه وسلم : "من سره أن ينظر إلى رجل من أهل الجنة فلينظر إلى هذا" ((متفق عليه)) .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir badaviy (sahroyi arab) Paygʻambar ﷺ ga kelib: «Menga — agar uni qilsam, meni jannatga kiritadigan bir amalni ayting», — dedi. Paygʻambar ﷺ: «Allohga ibodat qil va Unga hech narsani sherik qilma; (besh vaqt) farz namozni mukammal oʻqi, farz zakotni ber va Ramazon oyida roʻza tut», — dedilar. Badaviy: «Joni qoʻlida boʻlgan (Alloh)ga qasamki, men bundan ortiq (ham) qilmayman, (kam) ham qilmayman», — dedi. U (badaviy) ketgach, Paygʻambar ﷺ: «Kim jannat ahlidan boʻlgan bir kishini koʻrishni xohlasa, mana shu kishiga qarasin», — dedilar.