- وعن أبي عطية قال: دخلت أنا ومسروق على عائشة رضي الله عنها فقال لها مسروق: رجلان من أصحاب محمد صلى الله عليه وسلم كلاهما لا يألو عن الخير: أحدهما يعجل المغرب والإفطار، والآخر يؤخر المغرب والإفطار؟ فقالت: من يعجل المغرب والإفطار؟ قال: عبد الله - يعني ابن مسعود- فقالت: هكذا كان رسول الله صلى الله عليه وسلم يصنع" ((رواه مسلم)).
Abu Atiyya (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: «Men va Masruq Oishaning huzuriga kirdik. Masruq unga: ‹Muhammad ﷺ ning sahobalaridan boʻlgan ikki kishi bor, ikkovi ham xayrdan (yaxshilikdan) qolmaydi: biri shom namozi va iftorni tezlatadi, ikkinchisi esa shom namozi va iftorni kechiktiradi›, dedi. Shunda u (Oisha): ‹Kim shom namozi va iftorni tezlatadi?› dedi. U (Masruq): ‹Abdulloh›, dedi. Shunda u (Oisha): ‹Rasululloh ﷺ ham xuddi shunday qilar edilar›, dedi», dedi.