- وعن مجيبة الباهلية عن أبيها أو عمها، أنه أتى رسول الله صلى الله عليه وسلم ثم انطلق فأتاه بعد سنة وقد تغيرت حاله وهيئته، فقال: يا رسول الله أما تعرفني؟ قال: "ومن أنت؟" قال: أنا الباهلي الذي جئتك عام الأول. قال: "فما غيرك، وقد كنت حسن الهيئة؟" قال: ما أكلت طعامًا منذ فارقتك إلا بليل. فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم "عذبت نفسك!" ثم قال: "صم شهر الصبر، ويومًا من كل شهر" قال: زدني، فإن بي قوة، قال: " صم يومين" قال: زذني، قال: "صم ثلاثة أيام" قال: زدني. قال: "صم من الحرم واترك، صم من الحرم واترك، صم من الحرم واترك" وقال بأصابعه الثلاث فضمها، ثم أرسلها. ((رواه أبو داود. )).
Mujiyba al-Bohiliyaning otasi yoki amakisidan rivoyat qilinadiki, u Rasululloh ﷺ huzurlariga keldi, soʻng ketdi. Bir yildan keyin holati va koʻrinishi oʻzgargan bir holda yana keldi-da: «Yo Rasululloh, meni tanimadingizmi?» dedi. U zot: «Sen kimsan?» dedilar. U: «Men oʻtgan yili huzuringizga kelgan bohiliyman», dedi. U zot: «Seni nima oʻzgartirdi, sen koʻrinishing chiroyli edi-ku?» dedilar. U: «Sizdan ajralganimdan beri faqat kechasi taom yedim, xolos», dedi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Nega oʻzingni qiynading?» dedilar. Soʻng: «Sabr oyini (Ramazonni) va har oydan bir kun roʻza tut», dedilar. U: «Yana koʻpaytiring, menda quvvat bor», dedi. U zot: «Ikki kun roʻza tut», dedilar. U: «Yana koʻpaytiring», dedi. U zot: «Uch kun roʻza tut», dedilar. U: «Yana koʻpaytiring», dedi. U zot: «Hurmatli oylardan (baʼzisida) roʻza tut va (baʼzisini) tark qil, hurmatli oylardan roʻza tut va tark qil, hurmatli oylardan roʻza tut va tark qil», dedilar va uchta barmoqlari bilan ishora qilib, ularni yumdilar, soʻng (ochib) yozdilar.