- وعن أبي الدرداء رضي الله عنه قال: أوصاني حبيبي، صلى الله عليه وسلم بثلاث لن أدعهن ما عشت: بصيام ثلاثة أيام من كل شهر، وصلاة الضحى، وبأن لا أنام حتى أوتر. ((رواه مسلم)).
Abud-Dardo (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Doʻstim ﷺ menga, tirik ekanman, hech qachon tark etmaydigan uch narsani vasiyat qildilar: har oyda uch kun roʻza tutishni, zuho (chosht) namozini va vitr (namozini) oʻqimagunimcha uxlamaslikni.