- وعن عمر بن الخطاب رضي الله عنه: أن النبي صلى الله عليه وسلم قال : " إن الله يرفع بهذا الكتاب أقوامًا ويضع به آخرين" ((رواه مسلم)).
Nofeʼ ibn Abdulhoris Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)ni Usfonda uchratgani rivoyat qilinadi. Umar uni Makkaga voliy qilib tayinlagan edi. Umar: «Vodiy ahliga kimni oʻrningga qoldirding?» dedi. U: «Ularga Ibn Abzoni oʻrnimga qoldirdim», dedi. Umar: «Ibn Abzo kim?» dedi. U: «Bizning ozod qilingan qullarimizdan bir kishi», dedi. Umar: «Ularga bir ozod qilingan qulni oʻrningga qoldirdingmi?» dedi. U: «Albatta, u Allohning kitobini oʻqiydi, farzlarni biladi va qozidir», dedi. Umar dedi: «Ogʻoh boʻlingki, Paygʻambaringiz ﷺ: ‹Albatta, Alloh bu kitob sababli baʼzi qavmlarni yuksaltiradi va u bilan boshqalarni pastlatadi›, degan edilar».