- وعن ابن مسعود رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "من قرأ حرفًا من كتاب الله فله حسنة، والحسنة بعشر أمثالها لا أقول: ألم حرف، ولكن ألف حرف، ولام حرف، وميم حرف"((راوه الترمذي وقال: حديث حسن صحيح)).
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim Allohning Kitobidan bir harf oʻqisa, unga shu sababli bir yaxshilik (ajr) boʻladi, yaxshilik esa oʻn baravar (qaytariladi). Men ‹alif-lom-mim› bir harf demayman, balki alif bir harf, lom bir harf, mim bir harfdir», dedilar. Bu hadis Ibn Masʼuddan boshqa yoʻllar bilan ham rivoyat qilinadi. Uni Abul-Ahvas Ibn Masʼuddan rivoyat qilgan; baʼzilar uni marfuʼ (Paygʻambarga yetkazib), baʼzilar esa Ibn Masʼudga mavquf qilib rivoyat qilganlar. Abu Iso aytdi: Bu hadis shu yoʻl jihatidan hasan sahih gʻaribdir. Qutayba ibn Saidning shunday deganini eshitdim: «Menga yetishicha, Muhammad ibn Kaʼb al-Quraziy Paygʻambar ﷺ hayot vaqtlarida tugʻilgan ekan». Muhammad ibn Kaʼbning kunyasi Abu Hamzadir.