- الثامن: عن أبي عبد الله حذيفة بن اليمان، رضي الله عنهما، قال: صليت مع النبي صلى الله عليه وسلم ذات ليلة، فافتتح البقرة، فقلت يركع عند المائة، ثم مضى؛ فقلت يصلي بها في ركعة، فمضى؛ فقلت يركع بها، ثم افتتح النساء؛ فقرأها، ثم افتتح آل عمران فقرأها، يقرأ مترسلاً إذا مر بآية فيها تسبيح سبح، وإذا مر بسؤال سأل، وإذا مر بتعوذ تعوذ، ثم ركع فجعل يقول: " سبحان ربي العظيم" فكان ركوعه نحواً من قيامه ثم قال: " سمع الله لمن حمده، ربنا لك الحمد" ثم قام قياماً طويلاً قريباً مما ركع، ثم سجد فقال: " سبحان ربي الأعلى" فكان سجوده قريباً من قيامه" ((رواه مسلم).
Huzayfa ibn al-Yaman (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Bir kecha Nabiy ﷺ bilan (nafl) namoz oʻqidim. U zot Baqara (surasini) boshladilar. Men: ‹Yuz (oyat)da rukuʼ qilsalar kerak› dedim, ammo davom etaverdilar. ‹Bu (surani) bir rakatda oʻqiydilar shekilli› dedim, davom etaverdilar. ‹Endi shu bilan rukuʼ qilsalar kerak› dedim, ammo Niso (surasini) boshlab, uni oʻqidilar. Soʻng Oli Imron (surasini) boshlab, uni oʻqidilar. Shoshilmay, dona-dona qiroat qilardilar. Tasbeh (aytiladigan) oyatga oʻtganlarida tasbeh aytar, soʻrov (oyatiga) oʻtganlarida (Allohdan) soʻrar, panoh soʻrash (oyatiga) oʻtganlarida panoh soʻrardilar. Soʻngra rukuʼ qilib: «Subhona Robbiyal-azim», dedilar. Rukuʼlari qiyomlariga yaqin (uzun) boʻldi. Soʻng: «Samiallohu liman hamidah, Robbano lakal-hamd», dedilar. Keyin uzoq, rukuʼlariga yaqin (muddat) tik turdilar. Soʻngra sajda qilib: «Subhona Robbiyal-aʼlo», dedilar. Sajdalari ham qiyomlariga yaqin boʻldi.