- وعن أبي العباس عبد الله بن عباس بن عبد المطلب رضي الله عنهما، عن رسول الله، صلى الله عليه وسلم، فيما يروى عن ربه، تبارك وتعالى قال: " إن الله كتب الحسنات والسيئات ثم بين ذلك: فمن همّ بحسنة فلم يعملها كتبها الله تبارك وتعالى عنده حسنة كاملة، وإن هم بها فعملها كتبها الله عشر حسنات إلى سبعمائه ضعف إلى أضعاف كثيرة، وإن هم بسيئة فلم يعملها كتبها الله عنده حسنة كاملة، وإن همّ بها فعملها كتبها الله سيئة واحدة " ((متفق عليه)).
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: U Rasululloh ﷺ dan, U Zot Rabbi tabaroka va taolodan rivoyat qilgan (narsa) haqida (rivoyat qiladi). (Paygʻambar): «Albatta Alloh yaxshiliklar va yomonliklarni yozdi, soʻng buni bayon qildi: kim bir yaxshilikni niyat qilib, uni qilmasa, Alloh uni Oʻz huzurida bitta toʻliq yaxshilik (deb) yozadi; agar uni niyat qilib, uni qilsa, Alloh azza va jalla uni Oʻz huzurida oʻn yaxshilikdan yetti yuz barobargacha, (hatto) koʻp barobarlargacha (deb) yozadi. Kim bir yomonlikni niyat qilib, uni qilmasa, Alloh uni Oʻz huzurida bitta toʻliq yaxshilik (deb) yozadi; agar uni niyat qilib, uni qilsa, Alloh uni bitta yomonlik (deb) yozadi», dedilar.