- الرابع عنه: أن ناساً قالوا: يارسول الله، ذهب أهل الدثور بالأجور، يصلون كما نصلي، ويصومون كما نصوم، ويتصدقون بفضول أموالهم قال: " أو ليس قد جعل الله لكم ما تصدقون به: إن بكل تسبيحة صدقة، وكل تكبيرة صدقة، وكل تحميدة صدقة، وكل تهليلة صدقة، وأمر بالمعروف صدقة، ونهي عن المنكر صدقة وفي بضع أحدكم صدقة قالوا: يارسول الله أيأتى أحدنا شهوته، ويكون له فيها أجر؟! قال: " أرأيتم لو وضعها في حرام أكان عليه وزر؟ فكذلك إذا وضعها في الحلال كان له أجر" ((رواه مسلم)).
Abu Zarr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ ning sahobalaridan baʼzi kishilar Nabiy ﷺ ga: «Yo Rasululloh! Boy-badavlatlar ajrlarni olib ketdilar: biz namoz oʻqiganimizday namoz oʻqiydilar, biz roʻza tutganimizday roʻza tutadilar, mol-mulklarining ortiqchasidan sadaqa qiladilar», dedilar. U zot ﷺ: «Alloh sizlarga ham sadaqa qiladigan narsa ato etmadimi? Albatta har bir tasbeh (subhonalloh deyish) sadaqadir, har bir takbir (Allohu akbar deyish) sadaqadir, har bir tahmid (alhamdulilloh deyish) sadaqadir, har bir tahlil (lo iloha illalloh deyish) sadaqadir, maʼrufga buyurish sadaqadir, munkardan qaytarish sadaqadir va birortangizning (ahli bilan) jimosida ham sadaqa bordir», — dedilar. Ular: «Yo Rasululloh! Birimiz oʻz shahvatini qondiradi-yu, unga buning uchun ajr boʻladimi?» dedilar. U zot ﷺ: «Aytinglar-chi, agar uni harom yoʻlga sarflasa, unga gunoh boʻlmasmidi? Xuddi shuningdek, uni halol yoʻlga sarflasa, unga ajr boʻladi», — dedilar.