- العاشر: عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: " بينما رجل يمشى بطريق اشتد عليه العطش، فوجد بئراً فنزل فيها فشرب، ثم خرج فإذا كلب يلهث يأكل الثرى من العطش، فقال الرجل: لقد بلغ هذا الكلب من العطش مثل الذي كان قد بلغ منى، فنزل البئر فملأ خفه ماء ثم أمسكه بفيه، حتى رقي فسقى الكلب، فشكر الله له فغفر له" قالوا : يارسول الله إن لنا في البهائم أجراً؟ فقال: في كل كبدٍ رطبة أجر" ((متفق عليه)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Bir kishi yoʻlda ketayotganida unga chanqoq qattiq ogʻirlik qildi. Shunda u bir quduqni topib, unga tushdi va suv ichdi. Soʻng chiqsa, bir it chanqoqdan tilini chiqarib hansirab, (hoʻl) tuproqni yeb turardi. Shunda u kishi: ‹Bu itga chanqoq xuddi menga yetgani kabi yetibdi›, — dedi-da, quduqqa tushib, maxsisini suvga toʻldirdi, soʻng uni ogʻzi bilan tishlab, tepaga chiqquncha (ushlab) turdi va itga ichirdi. Bas, Alloh undan minnatdor boʻlib (uning shu amalini qadrlab), uni magʻfirat qildi», — dedilar. (Sahobalar): «Yo Rasululloh! Bizga shu hayvonlarda ham ajr bormi?» — dedilar. U zot: «Har bir hoʻl jigarda (yaʼni tirik jonzotni suv bilan siylashda) ajr bordir», — dedilar.