- السابع عشر: عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم :" إذا مرض العبد أو سافر كتب له مثل ما كان يعمل مقيماً صحيحاً" ((رواه البخاري)).
Ibrohim Abu Ismoil as-Saksakiy (Abu Burda orqali Abu Musodan) rivoyat qiladi: Men Abu Burdaning (shunday deganini) eshitdim — u Yazid ibn Abu Kabsha bilan birga bir safarda boʻlgan; Yazid safarlarda roʻza tutardi. Abu Burda unga: «Men Abu Musoning bir necha marta — Allohning Rasuli ﷺ: ‹Banda kasal boʻlsa yoki safarga chiqsa, u — sogʻ-salomat va (oʻz) uyida boʻlganida qiladigan yaxshi amallari uchun oladigan savobiga oʻxshash — savob oladi›, — degan deganini — eshitganman», — dedi.