- العشرون: عنه قال: أراد بنو سلمة أن ينقلوا قرب المسجد فبلغ ذلك رسول الله صلى الله عليه وسلم، فقال لهم: " إنه قد بلغني أنكم تريدون أن تنتقلوا قرب المسجد؟" فقالوا: نعم يارسول الله قد أردنا ذلك، فقال:"بني سلمة دياركم؛ تكتب آثاركم ، دياركم، تكتب آثاركم" ((رواه مسلم)).
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Masjid atrofidagi joylar boʻsh qoldi. Shunda Banu Salima (qabilasi) masjidga yaqin joyga koʻchib oʻtmoqchi boʻldi. Bu (xabar) Rasululloh ﷺ ga yetdi. U zot ularga: «Menga sizlar masjidga yaqin joyga koʻchib oʻtmoqchi ekaningiz haqida xabar yetdi», dedilar. Ular: «Ha, yo Rasululloh, biz shuni istagan edik», dedilar. Shunda u zot: «Ey Banu Salima! Oʻz uylaringizda (turing), izlaringiz yoziladi. Oʻz uylaringizda (turing), izlaringiz yoziladi», dedilar.