- الخامس والعشرون: عن أبي موس رضي الله عنه ، عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: "على كل مسلم صدقة" قال : أرأيت إن لم يجد؟ قال: أرأيت إن لم يستطع؟ قال: "يعين ذا الحاجة الملهوف" قال: أرأيت إن لم يستطع؟ قال: "يأمر بالمعروف أو الخير" قال : أرأيت إن لم يفعل؟ قال: يمسك عن الشر فإنها صدقة" ((متفق عليه)) .
Abu Muso al-Ashʼariy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U zot ﷺ: «Har bir musulmonga sadaqa (qilish) lozimdir», — dedilar. «Aytib bering-chi, agar (sadaqa qiladigan narsani) topmasa-chi?» deyildi. U zot ﷺ: «Oʻz qoʻllari bilan ishlab, oʻziga ham foyda keltirsin, sadaqa ham qilsin», — dedilar. «Aytib bering-chi, agar buni qila olmasa-chi?» deyildi. U zot ﷺ: «Hojatmand, dard-alamga giriftor kishiga yordam bersin», — dedilar. Unga: «Aytib bering-chi, agar buni ham qila olmasa-chi?» deyildi. U zot ﷺ: «Maʼrufga yoki yaxshilikka buyursin», — dedilar. «Aytib bering-chi, agar buni (ham) qilmasa-chi?» deyildi. U zot ﷺ: «Yomonlikdan oʻzini tiysin, albatta bu (ham) sadaqadir», — dedilar.