- عن أبي هريرة رضي الله عنه عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: " إن الدين يسر، ولن يشاد الدين إلا غلبه، فسددوا وقاربوا وأبشروا، واستعينوا بالغدوة والروحة وشيء من الدلجة" ((رواه البخاري)).
وفي رواية له : سددوا وقاربوا واغدوا وروحوا، وشيء من الدلجة، القصد القصد تبلغوا .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Din yengildir. Kim dinda (haddan oshib) oʻzini ortiqcha qiynasa, din uni yengib qoʻyadi (u davom ettira olmaydi). Bas, (haddan oshmay) toʻgʻri yoʻl tutinglar, (kamolatga) yaqinlashinglar, xushxabar olinglar va ertalab, kechqurun hamda kechaning (oxirgi) bir qismida (ibodat bilan) madad olinglar», — dedilar.