- وعن أبي جحيفة وهب بن عبد الله رضي الله عنه قال: آخى النبي صلى الله عليه وسلم بين سلمان وأبى الدرداء ، فزار سلمان أبا الدرداء، فرأى أم الدرداء متبذلة فقال: ما شأنك قالت: أخوك أبو الدرداء ليس له حاجة في الدنيا، فجاء أبو الدراداء فصنع له طعاماً، فقال له: كل فإنى صائم، قال: ما أنا بآكل حتى تأكل، فأكل، فلما كان الليل ذهب أبو الدرداء يقوم فقال له: نم، فنام، ثم ذهب يقوم فقال له : نم، فلما كان من آخر الليل قال سلمان: قم الآن: فصليا جميعاً، فقال له سلمان: إن لربك عليك حقاً، وإن لنفسك عليك حقاً، ولأهلك عليك حقاً، فأعط كل ذى حق حقه، فأتى النبي صلى الله عليه وسلم فذكر ذلك له، فقال النبي صلى الله عليه وسلم "صدق سلمان" ((رواه البخاري)).
(Abu Juhayfa (roziyallohu anhu) aytdi:) Paygʻambar ﷺ Salmon bilan Abu Dardo oʻrtasida birodarlik (axiylik) oʻrnatdilar. Salmon Abu Dardoni ziyorat qildi va Ummu Dardoni eski-tuski (parishon) kiyimda koʻrdi. (Salmon) unga: «Holing nima (boʻldi)?» dedi. U: «Birodaring Abu Dardoning bu dunyoda (hech) hojati (qiziqishi) yoʻq» dedi. Soʻng Abu Dardo keldi va unga (Salmonga) taom tayyorladi va: «Ye, men roʻzadorman» dedi. (Salmon:) «Sen yemaguningcha men yemayman» dedi. Shunda (Abu Dardo) yedi. Kech kirgach, Abu Dardo (namozga) turmoqchi boʻldi; (Salmon:) «Uxla» dedi. Shunda u uxladi. Soʻng (yana) turmoqchi boʻldi; (Salmon:) «Uxla» dedi. Kechaning oxiri boʻlganda, Salmon: «Endi tur» dedi. (Roviy:) Bas, ikkalasi namoz oʻqidilar. Soʻng Salmon unga: «Albatta, Robbing senda haqli, oʻzing (nafsing) senda haqli va oilang senda haqlidir; bas, har bir haq egasiga oʻz haqini ber» dedi. Soʻng (Abu Dardo) Paygʻambar ﷺning oldilariga kelib, buni u zotga aytdi. Paygʻambar ﷺ: «Salmon toʻgʻri aytibdi» dedilar.