- فالأول : عن أبي هريرة رضي الله عنه عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: "دعوني ماتركتكم: إنما أهلك من كان قبلكم كثرة سؤالهم ، واختلافهم على أنبيائهم، فإذا نهيتكم عن شيء فاجتنبوه، وإذا أمرتكم بأمر فأتوا منه ما استطعتم" ((متفق عليه)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Men sizlarni (oʻz holiga) qoldirgan ekanman, sizlar ham meni qoldiringlar (koʻp savol bermanglar). Zero, sizlardan oldingilar koʻp savol berganlari va paygʻambarlariga qarshi ixtilof qilganlari sababli halok boʻldilar. Bas, men sizlarni biror narsadan qaytarsam, undan tiyilinglar. Sizlarni biror narsaga buyursam, undan qoʻlingizdan kelganicha bajaringlar», dedilar.