- العاشر: عن ابن عباس، رضي الله عنهما، قال: قام فينا رسول الله صلى الله عليه وسلم بموعظة فقال: "يا أيها الناس إنكم محشورون إلى الله تعالى حفاة عراة غرلاً {كما بدأنا أول خلق نعيده وعداً علينا إنا كنا فاعلين} ((الأنبياء: 103)) ألا وإن أول الخلائق يكسى يوم القيامة إبراهيم ، صلى الله عليه وسلم، ألا وإنه سيجاء برجال من أمتي ، فيؤخذ بهم ذات الشمال؛ فأقول: يارب أصحابي؛ فيقال: إنك لا تدري ما أحدثوا بعدك، فأقول كما قال العبد الصالح: {وكنت عليهم شهيداً ما دمت فيهم} إلى قوله: { العزيز الحكيم} ) ((المائدة : 117،118)) فيقال لي : إنهم لم يزالوا مرتدين على أعقابهم منذ فارقتهم" ((متفق عليه)). (46)
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ oramizda xatib boʻlib, vaʼz qilish uchun turdilar va: «Ey odamlar! Albatta sizlar Alloh (huzuriga) yalangoyoq, yalangʻoch, sunnatsiz holda toʻplanasizlar. {Avval qanday yaratgan boʻlsak, oʻshanday qaytaramiz. Bu zimmamizdagi vaʼdadir; albatta Biz (uni) ado etguvchimiz} (Anbiyo 104). Ogoh boʻlinglar! Qiyomat kuni eng avval kiydiriladigan xaloyiq Ibrohim alayhissalomdir. Ogoh boʻlinglar! Albatta ummatimdan baʼzi erkaklar keltiriladi-da, ular chap tomonga olib ketiladilar. Shunda men: ‹Yo Rabbim! (Bular) mening ashoblarim›, deyman. Bas: ‹Albatta sen ulardan keyin ular nima (bidʼat) ixtiro qilganini bilmaysan›, deyiladi. Shunda men solih banda (Iso) aytganidek: {Toki men ular ichida ekanman, ularga guvoh boʻldim; bas, Sen meni vafot ettirganingdan keyin, ularning ustidan Sening Oʻzing kuzatuvchi boʻlding. Sen har bir narsaga guvohsan. Agar ularni azoblasang, albatta ular Sening bandalaringdir; agar ularni magʻfirat qilsang, albatta Sen Oʻzing Azizu Hakimsan} (Moida 117-118), deyman», — dedilar. (Ibn Abbos) dedi: «Shunda menga: ‹Albatta ular sen ulardan ajralganingdan beri ortlariga (dindan) qaytib ketgan edilar›, deyiladi».