- وعن ابن مسعود رضي الله عنه أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: "ليس من نفس تقتل ظلماً إلا كان على ابن آدم الأول كفل من دمها لأنه كان أول من سن القتل" ((متفق عليه)) .
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Bironta jon zulm bilan oʻldirilsa, albatta uning qonidan (gunohidan) bir ulush Odam (alayhissalom)ning birinchi oʻgʻliga ham (yoziladi), chunki u qotillikni birinchi boʻlib joriy qilgan edi», — dedilar.