- وعن أنس رضي الله عنه أن فتى من أسلم قال: يا رسول الله إني أريد الغزو وليس معي ما أتجهز به؟ قال: "ائت فلانا فإنه قد كان تجهز فمرض" فأتاه فقال: إن رسول الله صلى الله عليه وسلم يقرئك السلام ويقول: أعطني الذي تجهزت به، فقال: يا فلانة أعطيه الذي تجهزت به، ولا تحبسي منه شيئاً ، فوالله لا تحبسين منه شيئاً فيبارك لك فيه. ((رواه مسلم)).
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Aslam (qabilasi)dan boʻlgan bir yigit: «Yo Rasululloh! Men gʻazotga chiqmoqchiman, ammo huzurimda jihozlanadigan narsam yoʻq», dedi. (Rasululloh ﷺ): «Falonchining oldiga borgin, chunki u (gʻazotga) jihozlangan edi, soʻng kasal boʻlib qoldi», dedilar. Shunda u (yigit) uning oldiga borib: «Rasululloh ﷺ senga salom yoʻllab, ‹oʻzing uchun jihozlagan narsangni menga bergin› demoqdalar», dedi. (U esa): «Ey falonchi! Oʻzim uchun jihozlagan narsamni unga bergin va undan hech narsani ushlab qolmagin. Allohga qasamki, undan hech narsani ushlab qolmagin, toki senga unda baraka berilsin», dedi.