- وعن أبي موسى الأشعري رضي الله عنه ، عن النبي صلى الله عليه وسلم أنه قال: " الخازن المسلم الأمين الذي ينفذ ما أمر به، فيعطيه كاملاً موفراً، طيبة به نفسه فيدفعه إلى الذي أمر له به أحد المتصدقين" ((متفق عليه)) .
Abu Muso (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ dedilar: «Albatta omonatdor, ishonchli musulmon xazinabon — buyurilgan narsani yetkazuvchi (baʼzan ‹beruvchi› dedi), uni toʻla-toʻkis, koʻngli xush holda buyurilgan kishiga topshiruvchi — ikki sadaqa beruvchidan biridir».