- الثاني: عن ابن مسعود رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "ما من نبي بعثه الله في أمة قبلي إلا كان له من أمته حواريون وأصحاب يأخذون بسنته ويقتدون بأمره، ثم إنها تختلف من بعدهم خلوف يقولون مالا يفعلون ويفعلون ما لا يؤمرون، فمن جاهدهم بيده فهو مؤمن، ومن جاهدهم بقلبه فهو مؤمن، ومن جاهدهم بلسانه فهو مؤمن ، وليس وراء ذلك الإيمان حبة خردل" ((رواه مسلم)).
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Mendan oldin Alloh biror ummatga (paygʻambar qilib) yuborgan har bir paygʻambarning oʻz ummatidan havoriylari (sodiq yordamchilari) va ashoblari boʻlgan — ular uning sunnatiga ergashar va buyruqiga (amal qilib) iqtido qilardilar. Soʻng ulardan keyin shunday (yomon) avlodlar paydo boʻladiki, ular qilmaydigan narsani aytadilar va buyurilmagan narsani qiladilar. Bas, kim ular bilan qoʻli bilan jihod qilsa, u moʻmindir; kim ular bilan tili bilan jihod qilsa, u moʻmindir; kim ular bilan qalbi bilan jihod qilsa, u moʻmindir; bundan keyin (narida) esa iymondan bir dona xardal (gorchitsa donasi)cha (ham) yoʻq», dedilar.