- الثامن : عن ابن عباس رضي الله عنهما أن رسول الله صلى الله عليه وسلم رأى خاتمًا من ذهب في يد رجل، فنزعه فطرحه وقال: " يعمد أحدكم إلى جمرة من نار فيجعلها في يده !" فقيل للرجل بعد ما ذهب رسول الله صلى الله عليه وسلم : خذ خاتمك؛ انتفع به. قال: لا والله لا آخذه أبدًا وقد طرحه رسول الله صلى الله عليه وسلم. ((رواه مسلم)).
Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ bir kishining qoʻlida oltindan boʻlgan uzukni koʻrdilar-da, uni sugʻurib olib uloqtirdilar va: «Birortangiz olov choʻgʻiga qoʻl uzatib, uni qoʻliga olmoqchi boʻladimi?!», dedilar. Rasululloh ﷺ ketganlaridan keyin u kishiga: «Uzugingni olib, undan foydalan», deyildi. (U esa): «Yoʻq, Allohga qasamki, uni Rasululloh ﷺ uloqtirgan ekanlar, men uni hech qachon olmayman», dedi.