- وعن معاذ رضي الله عنه قال : بعثني رسول الله صلى الله عليه وسلم فقال: "إنك تأتي قومًا من أهل الكتاب، فادعهم إلى شهادة أن لا إله إلا الله، وأني رسول الله ، فإن هم أطاعوا لذلك، فأعلمهم أن الله قد افترض عليهم خمس صلوات في كل يوم وليلة، فإن هم أطاعوا لذلك، فإياك وكرائم أموالهم. واتق دعوة المظلوم فإنه ليس بينها وبين الله حجاب" ((متفق عليه)) .
Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ meni (Yamanga) yubordilar va: «Sen ahli kitob boʻlgan bir qavm oldiga borasan. Ularni Allohdan boshqa iloh yoʻqligiga va men Allohning rasuli ekanligimga guvohlik berishga daʼvat qil. Agar bunga itoat qilsalar, ularga Alloh har kecha-kunduzda besh vaqt namozni farz qilganini bildir. Agar bunga ham itoat qilsalar, ularning eng qimmatli mollarini (olishdan) ehtiyot boʻl. Va mazlumning duosidan qoʻrq, chunki u bilan Alloh oʻrtasida hech qanday toʻsiq yoʻqdir», deb (tayinladilar).