- وعن أبي هريرة رضي الله عنه عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: " من كانت عنده مظلمة لأخيه، من عرضه أو من شيء، فليتحلله منه اليوم قبل أن لا يكون دينار ولا درهم ، إن كان له عمل صالح أخذ منه بقدر مظلمته، وإن لم يكن له حسنات أخذ من سيئات صاحبه فحمل عليه" ((رواه البخاري)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ: «Kim boshqa bir kishiga — uning obroʻ-eʼtibori yoki boshqa biror narsa haqida — zulm qilgan boʻlsa, u — pul (yaʼni yomon amallar uchun tovon) boʻlmaydigan Qiyomat kunidan oldin — undan oʻzini kechirishni soʻrasin; lekin agar uning yaxshi amallari boʻlsa, oʻsha yaxshi amallari — u qilgan zulmiga yarasha — undan olinadi; va agar uning yaxshi amallari boʻlmasa, mazlumning gunohlari unga ortiladi», — dedilar.