- وعن أبي هريرة رضي الله عنه، أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: ":أتدرون من المفلس؟" قالوا : المفلس فينا من لا درهم له ولا متاع فقال: "إن المفلس من أمتي يأتي يوم القيامة بصلاة وصيام وزكاة، ويأتي قد شتم هذا، وقذف هذا وأكل مال هذا، وسفك دم هذا، وضرب هذا، فيعطى هذا من حسناته، وهذا من حسناته، فإن فنيت حسناته قبل أن يقضي ما عليه، أخذ من خطاياهم فطرحت عليه، ثم طرح في النار" ((رواه مسلم)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Muflis (xonavayron) kim ekanini bilasizlarmi?» dedilar. Ular: «Bizning oramizda muflis — dirhami ham, mol-mulki ham boʻlmagan kishidir», dedilar. Shunda u zot: «Albatta, mening ummatimdan muflis shu kishidirki, u qiyomat kuni namoz, roʻza va zakot bilan keladi, biroq u kelganida ana shu birovni soʻkkan, anavi birovga tuhmat qilgan, falonchining molini yegan, pistonchining qonini toʻkkan, yana boshqa birovni urgan boʻladi. Bas, ana bunisiga uning yaxshiliklaridan, anavisiga uning yaxshiliklaridan beriladi. Agar uning zimmasidagi (haqlar) ado etilmasdan turib yaxshiliklari tugab qolsa, ularning gunohlaridan olinib, uning ustiga tashlanadi, soʻng u doʻzaxga tashlanadi», dedilar.