- وعن أبي هريرة رضي الله عنه ، أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "إذا صلى أحدكم للناس، فليخفف، فإن فيهم الضعيف والسقيم والكبير. وإذا صلى لنفسه فليطول ما شاء" ((متفق عليه)) . (10)
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ shunday dedilar: «Birortangiz odamlarga (imom boʻlib) namoz oʻqiganida, (namozni) yengillashtirsin. Zero, ular orasida kuchsiz, kasal va keksa (kishilar) bor. Yolgʻiz oʻziga namoz oʻqiganida esa, xohlaganicha uzaytirsin».