- وعنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم لا تحاسدوا، ولا تناجشوا، ولا تباغضوا، ولا تدابروا ولا يبع بعضكم على بيع بعض، وكونوا عباد الله إخوانًا. المسلم أخو المسلم: لا يظلمه ولا يحقره، ولا يخذله. التقوى ههنا- ويشير إلى صدره ثلاث مرات- بحسب امرئ من الشر أن يحقر أخاه المسلم كل المسلم على المسلم حرام دمه وماله وعرضه” ((رواه مسلم)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Bir-biringizga hasad qilmang, (narxni koʻtarish maqsadida) bir-biringizning savdongizni oshirmang, bir-biringizga adovat saqlamang, bir-biringizga orqa oʻgirmang, biringiz boshqangizning savdosi ustiga savdo qilmang va Allohning bandalari boʻlib, oʻzaro birodar boʻling. Musulmon musulmonning birodaridir: unga zulm qilmaydi, uni (yordamsiz) tashlab qoʻymaydi va uni mensimaslik qilmaydi. Taqvo mana shu yerda», dedilar va koʻkraklariga uch marta ishora qildilar. (Soʻng:) «Birovga oʻz musulmon birodarini hor-mensimaslik qilishining oʻzi yomonlik sifatida yetarlidir. Musulmonning musulmonga hamma narsasi — qoni, moli va obroʻsi haromdir», (dedilar).