- وعن أبي عمارة البراء بن عازب رضي الله عنهما قال: أمرنا رسول الله r بسبع، ونهانا عن سبع: أمرنا بعيادة المريض، واتباع الجنازة، وتشميت العاطس، وإبرار المقسم، ونصر المظلوم، وإجابة الداعي، وإفشاء السلام. ونهانا عن خواتيم أو تختم بالذهب ، وعن شرب بالفضة، وعن المياثر الحمر، وعن القسي، وعن لبس الحرير والإستبرق والديباج. ((متفق عليه)) .
Baro ibn Ozib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bizni yettita (ish)ga buyurdilar va yettita (ish)dan qaytardilar. Bizni bemorni yoʻqlashga, janozaga ergashishga, aksa urganga (yarham yakallohu deb) duo qilishga, qasamni (yoki qasam ichuvchini) rost chiqarishga, mazlumga yordam berishga, chorlaganning (daʼvatini) qabul qilishga va salomni yoyishga buyurdilar. Va bizni uzuklardan (yoki oltin uzuk taqishdan), kumushda ichishdan, miyasir (egar bezagi)dan, qassiy (ipak aralash matos)dan, ipak, istabraq va debo kiyishdan qaytardilar.